Mamlakat 30 sentyabrdan rossiyalik sayyohlar uchun yopiladi.
Finlyandiya 30 sentyabr, juma kunidan boshlab Rossiyadan kelgan sayyohlar uchun chegaralarini yopadi. Aksariyat turistik vizalar bekor qilinadi. Bu haqda Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Pekka Haavisto ma`lum qilgan, deya yozadi Zamon.uz' sayti.
Biroq vizalarni o`qish, davolanish va yaqin qarindoshlarnikiga borish uchun olish mumkin. Viza rejimi diplomatik xodimlar, shuningdek, ularning yaqinlari va “muxolifat vakillari” uchun ham davom etadi.
“Bunday holatda sayohatchi boshqa davlat chegarasi orqali Finlyandiya tomonidan berilgan viza bilan Evropa Ittifoqiga kira olmaydi”, — deydi mamlakat TIV rahbari.
Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi har bir rossiyalikning kirishi haqidagi qarorlar alohida ko`rib chiqilishini qo`shimcha qilgan.