Davron Kabulov boshchiligidagi “Million” jamoasi bir muddat tanaffusdan keyin konsert berishini ma`lum qildi.
“Kutganmidingiz? Biz kelyapmiz. Sinov berganiga, echimi bilan berganiga Allohga bexisob shukr! Sog`inchingizga munosib bo`lishga qo`ldan kelganicha harakat qilamiz. Biz roppa-rosa 2,5 yil kutgan konsert”,—deb yozadi Davron Kabulov o`zining “Instagram”dagi sahifasida.
Jamoaning konsert dasturi 15-18 sentyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadi.