​“O`zbekistonda robot operasiya qilgan birinchi bemor bo`ldim”

Jamiyat 30.09.2022, 10:04
​“O`zbekistonda robot operasiya qilgan birinchi bemor bo`ldim”

Mamlakatimizga "Revo-i" rusumli robot-xirurg olib kelingani haqida xabar bergan edik. 

Nafaqat yurtimiz, balki Markaziy Osiyoda noyob bo`lgan ushbu innovasion texnologiya orqali sanoqli kunlar ichida 8 nafar bemorda murakkab operasiyalar muvaffaqiyatli o`tkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususun, robot-jarroh yordamida og`ir xastalikdan shifo topgan ana shu yurtdoshlarimiz hozir qisqa muddatli muolajalarni tugallab, o`z uylariga qaytgan.

Qamashi tumanilik  Yunus Xolboev — ulardan biri. Aprel oyida bemorda saratonning xavfli turlaridan biri aniqlangandi. Tegishli muolajalardan so`ng mutaxassislar operasiya o`tkazish oxirgi chora ekanini ma`lum qilishdi. Dastavval bu jarrohlik amaliyoti laparoskopik usulda o`tkazilishi rejalashtirilgan edi. 

Keyin robot-xirurg orqali bajariladigan operasiya taklif qilingach, bemor ancha xavotirga tushganini aytadi:

—   O`zbekistonda robot operasiya qilgan birinchi bemor bo`lishimni eshitganimda biroz qo`rquv ham bo`ldi, — deydi hamyurtimiz. — Lekin uning boshqaruvi malakali shifokorlar qo`lida ekanini bilib, mutaxassislarimiz tajribasiga ishondim va amaliyotga rozi bo`ldim. Ikki soatda hammasi o`tib ketdi. Hozir esa uyga ketish taraddudidaman. 

"Robot “qo`l”laridan shifo topgan yana bir bemor — Muhabbat Shomansurova. 58 yoshli hamyurtimiz buyragidagi o`simta sabab shifoxonaga murojaat qilgach, unga ham robot-xirurg xizmati taklif qilindi. Kesishlarsiz, kam org`iqli va natijasi odatiy operasiyalardan ko`ra yuqori bo`lishi kutilgan amaliyotga bemor rozi bo`ladi. Operasiyadan ikki kun o`tgach, Muhabbat opa oilasi bag`riga sog`lom qaytdi".

Odatda buyrak saratoni aniqlangan bemorlarda o`tkaziladigan operasiyalar yirik kesishlar bilan amalga oshirilar, og`ir holatlarda esa bemorning buyragi olib tashlanar, operasiyalar muvaffaqiyatli o`tgan holatda ham, choklar ehtiyot qilinmasa, jarohat yiringlashi xavfi bo`lardi. "Revo-i" robot tizimi orqali esa buyrak ichiga kirib borilib, bir necha santimetrlik o`sma aniqlik bilan olib tashlandi. 

Robot-xirurg orqali qilingan onkologik amaliyotlar yana qayta paydo bo`lmasligi uchun o`simtani butunlay olib tashlashi, asab tugunlari va boshqa muhim organlarga ta`sir qilmasligi, minimal qon yo`qotish bilan kechishi, bemorning amaliyotdan keyingi tiklanishi hamda butkul sog`ayib ketishini tezlashtirishi bilan bebaho ahamiyatga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1