BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning global diplomatiya maydonlaridan chiqarib yuborilishi tarafdori emas. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz"
Dyujarrikka RFning BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishi ehtimoliga Bosh kotibning munosabati haqida savol berishgan.
“Qaysidir davlatning Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishi BMT ustavida aniq ko`rsatilgan. Fikrimcha, bosh kotib har qanday davlatning global forumlardan chiqarib yuborilishini to`g`ri qaror deb hisoblamaydi”, – degan rasmiy vakil.
Rossiya-Ukraina mojarosi fonida Vladimir Zelenskiy RFni BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a`zoligidan mahrum qilishni so`radi. Iyun oyida u bu chaqiriqni yana bir bor qaytargan AQSh bu taklifni qo`llab-quvvatlasa-da, Rossiyaning bu maqomini bekor qilishning imkoni yo`qligini tan olgandi.
Avvalroq Germaniya BMT Xavfsizlik kengashiga qo`shilish istagini bildirgandi.






