Aktrisa Shahzoda Matchonova o`zi haqida aytilgan salbiy fikrlar uni xavotirlantirmasligini bildirib o`tdi.
“Imom ash-Shofiy shunday degan: ‘O`zini yaxshi bilgan insonga boshqalarning u haqidagi fikrlari qo`rqinchli emas’. Imomning hikmatli so`zlarini inobatga olgan holda, menga ham qandaydir ‘yaqin’ insonlarimning o`zim haqimda nima deyishlari qo`rqinchli emas. Shuningdek, butunlay notanish insonlarning meni kimgadir yomon ko`rsatishga intilib, aytgan so`zlari meni qo`rqitmaydi. Ishonaman, vaqt hamma narsani joy-joyiga qo`yadi”,—deb yozdi aktrisa.





