“Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz o`tkazgichlarida dushanba kuni ming trotil ekvivalentga teng portlashlar sodir bo`ldi. Bu haqda "Zamon.uz" "The Wall Street Journal" ma`lmotiga tayanib xabar berdi.
Nashr manbalariga ko`ra, Daniya bu haqda chorshanba kuni NATO davlatlari vakillari uchrashuvida ma`lum qilgan. Ikki portlashning umumiy kuchi 1100 fut trotilga teng bo`lgani aytilmoqda.
NATO hodisada Rossiyani ayblamoqda. Evropa diplomatlarining fikricha, alyans davlatlari xulosa berishga shoshilmayapti va ular qo`shimcha dalillar keltirilmaguncha rasmiy bayonot bermaslikni ma`qul ko`rgan.
Dushanba kuni “Shimoliy oqim” o`tkazgichlarida katta miqdorda gaz sizib chiqishi aniqlandi. Evropa davlatlari hodisada Moskvani ayblagan. O`z navbatida Rossiya tomoni ham o`tkazgichlarda terakt bo`lganini va uning ortida AQSh turganini ta`kidlagan.
Hozirda gaz o`tkazgichlari orqali Evroittifoqqa yoqilg`i eksporti deyarli to`xtagan.
Avvalroq Shvesiya qirg`oqlari yaqinida gaz sizib chiqishining yangi nuqtasi aniqlangandi.






