Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o`tishi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 30.09.2022, 13:44
Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o`tishi ma`lum bo`ldi

2022-2023-o`quv yili uchun professional ta`lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 3 oktyabrdan 8 oktyabrga qadar 2 smenada o`tkaziladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Bunda test sinovlari:

1-smenada 09:00 dan 12:00 gacha;

2-smenada 14:30 dan 17:30 gacha bo`lib o`tadi.

 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo`lgan 3 ta fandan o`tkaziladi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar quyidagilar:

➖ ona tili;

➖ matematika;  

➖ O`zbekiston tarixi.

Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig`i beriladi.  

Testlarni echish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 189 ball bo`lib, har bir to`g`ri javob uchun:

➖ 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);

➖ 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);

➖ majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar ruxsatnomani DTMning my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o`tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1