1

Avtomobilsozlik korxonalari "Global Innovation Index"da O`zbekiston reytingini oshirishga hissa qo`shmoqda

Jamiyat 30.09.2022, 14:25
Avtomobilsozlik korxonalari "Global Innovation Index"da O`zbekiston reytingini oshirishga hissa qo`shmoqda

"Global Innovation Index"ning jahon reytingida mehnat unumdorligining o`sishi bo`yicha O`zbekistonning hayratlanarli 7-o`rinni egallashi iqtisodiyot etakchilarini ham chetlab o`tmadi. Real sektordagi mehnat sharoitlarini tez-tez muhokama qilish fonida, eng nufuzli manbadan bunday yuqori baho hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. 

E`lon qilingan hisobot natijalariga ko`ra, O`zbekiston reytingga kiritilgan 132 davlat orasida 82-o`rinni egalladi. Mamlakatimiz 2015 yilda 122-o`rindan joy olgan va shu tariqa etti yil ichida birdaniga 40 pog`onaga ko`tarilgan. Reyting 81 ko`rsatkichdan iborat bo`lib, ularning ba`zilari bo`yicha O`zbekiston dunyoning eng yaxshi davlatlari qatoridan joy egallagan. Bu, masalan, mehnat unumdorligi (7-o`rin), tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash (22-o`rin), universitetlar va ishlab chiqarish o`rtasidagi ilmiy hamkorlik (29-o`rin) va boshqa bir qator ko`rsatkichlarga taalluqlidir.

“Bugun muhtaram Prezidentimiz tomonidan O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasining eng muhim maqsadlaridan biri sifatida belgilab berilgan "Global Innovation Index" yillik natijalari sarhisob qilindi. "UzAuto" uchun biznesni qo`llab-quvvatlash siyosati, universitetlar va ishlab chiqarish o`rtasidagi ilmiy hamkorlik kabi asosiy ko`rsatkichlar bo`yicha mamlakatimiz ishonchli tarzda dunyoning 30 taligidan joy olgan, mehnat unumdorligining o`sishi bo`yicha esa jahon reytingida 7-o`rinni egallab turibdi. Ishonch bilan ayta olamanki, bu ko`rsatkichda avtomobilsozlik sanoatining hissasi yirik”, – dedi voqeani sharhlar ekan “O`zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov.

"Global Innovation Index" AQShning Kornel  universiteti, Fransiyaning INSEAD biznes maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tadqiqotdir. U 81 ko`rsatkichdan iborat bo`lib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida joylashgan mamlakatlarning innovasion rivojlanishini tavsiflaydi. Reyting Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2019 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiyalar bo`yicha rezolyusiyada qayd etilgan.

“2022 yilgi hisobot “Innovasion rivojlanish kelajagi” mavzusiga bag`ishlangan bo`lib, bu biz uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki respublikada amalga oshirilayotgan barcha islohot va o`zgartirishlar jamiyatni kelajakda rivojlantirishga qaratilgan. Bir qator ko`rsatkichlar bo`yicha O`zbekiston nafaqat makromintaqa, balki jahon miqyosida ham etakchi o`rinlarni egallab turibdi. Misol tariqasida fan va muhandislik yo`nalishlaridagi bitiruvchilar sonining dinamikasini keltirish mumkin, biz hayratlanarli tarzda dunyoda oltinchi bo`ldik. Bunday misollar ko`p va biz ularning yanada ko`p bo`lishini ta`minlashga harakat qilishni rejalashtirmoqdamiz”, – deydi Innovasion rivojlanish vaziri Ibroxim Abduraxmonov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1