AsosiyJamiyat

Oktyabr oyida O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'Oktyabr oyida O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bu yil oktyabr oyining birinchi besh kunligi quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi, kunduz kunlari quyosh nurlari havoni 22-25° gacha isitadi. Faqat kechasi va ertalab havo harorati 10-13° gacha ancha salqin bo`ladi. Keyinchalik oyning birinchi o`n kunligi oxirigacha ob-havo sharoitida keskin o`zgarishlar kutilmaydi.
Ikkinchi va uchinchi o`n kunliklarda hududning katta qismida harorat kechalari 8-13° iliqdan 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 18-23° iliqdan 10-15° iliqgacha o`zgarib turishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba`zi joylarda 0-1° sovuqgacha bo`lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o`n kunliklarning ayrim kunlarida asosan yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda.
Umuman, harorat tartibiga ko`ra, oktyabr oyi me`yor atrofida, ba`zi joylarda me`yordan 1-1,5° ga kam, yog`ingarchilik me`yor atrofida, ba`zi joylarda me`yordan ko`p bo`lishi kutilmoqda.
Iqlimiy me`yorlarga ko`ra, O`zbekistonning Janubiy viloyatlarida yog`ingarchilik oktyabr oyida 3 kundan 5 kungacha, qolgan hududlarda esa 5 kundan 7 kungacha bo`lishi mumkin. Oktyabr oyida yog`ingarchilik asosan yomg`ir ko`rinishida bo`ladi, ammo havoga keskin sovuq kuzatilishida yomg`ir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.
Tungi havo haroratining o`rtacha yillik qiymati 6-11° ni tashkil etadi, lekin ko`pincha oktyabrda, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.
Oktyabr oyida kunduzgi harorat odatda 23-28° iliqdan 10-15° iliqgacha o`zgarib turadi.
Albatta, tabiat o`z tuzatishlarini amalga oshiradi va ba`zida haroratning yoki yog`ingarchilikning haqiqiy qiymatlari ko`p yillik davr qiymatlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Toshkent uchun oktyabr oyida minimal haroratning rekordi 11,2o sovuqni tashkil etadi, ammo bu juda uzoq vaqt oldin, o`tgan asrning boshlarida bo`lgan. 
 

    Boshqa yangiliklar