Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`zaro hamkorlik o`rnatilganidan buyon o`tgan 30 yilda ustuvor tarmoqlardagi loyihalar portfeli 8 milliard dollardan oshdi.
Bugungi muzokaralar kun tartibidan ushbu etakchi xalqaro moliyaviy institut ko`magida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ilgari surish masalalari o`rin olgan.
Alohida e`tibor qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilash, davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish, qishloq xo`jaligini transformasiya qilish, ijtimoiy sohani modernizasiyalash, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va boshqa jihatlarga qaratiladi.






