AsosiyJamiyat

AQSh NNTsining O`zbekistondagi filiali Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatdan o`tkazildi

'AQSh NNTsining O`zbekistondagi filiali Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatdan o`tkazildi'ning rasmi

“East-west management institute, inc.” nodavlat notijorat tashkilotining (AQSh) O`zbekistondagi filiali davlat ro`yxatidan o`tkazildi

Ma`lum qilinishicha, tashkilot O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Sud tizimini mustahkamlash bo`yicha faoliyat dasturi”ni amalga oshiradi.

Shuningdek, uning asosiy maqsadi – sud tizimini isloh qilishda, sudyalarni kasbiy tayyorlash jarayoniga xalqaro standartlarni joriy qilish, sudyalar faoliyatini baholash bo`yicha ilg`or amaliyotlarni tadqiq qilishda ko`maklashish, shuningdek sudyalar va xodimlar uchun o`quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik qilishdan iborat.

Eslatib o`tamiz, tashkilot 2025 yil 31 dekabrga qadar faoliyat ko`rsatishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar