AsosiyJamiyat

5 oktyabrdan Buxoro — Xiva — Buxoro yo`lovchi poezdi harakati qayta tiklanadi

'5 oktyabrdan Buxoro — Xiva — Buxoro yo`lovchi poezdi harakati qayta tiklanadi'ning rasmi

Buxoro — Xiva — Buxoro yo`lovchi poezdi harakati 2022 yil 5 oktyabr sanasidan tiklanadi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, respublikada turizmni rivojlantirish va turistik firmalarning talabiga asosan, "Buxoro — Xiva — Buxoro" yolovchi poezdi harakati 2022 yil 5 oktyabr sanasidan tiklanadi. Poezd 5 oktyabrdan 13 noyabrgacha haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlaridan boshlab Buxorodan, 6 oktyabrdan 14 noyabrgacha haftaning payshanba, shanba va dushanba kunlaridan boshlab Xivadan jo`naydi.

Harakat jadvali:

"Buxoro 12:10 — Xiva 19:29"

"Xiva 07:52 — Buxoro 15:16"

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari (http://www.railway.uz/uz/interaktivnye_uslugi/spravochnye_telefony/) hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishi mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l kassalaridan yoki elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilishingiz mumkin: https://chipta.railway.uz/ru/home

    Boshqa yangiliklar