1

Prezident rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi

Siyosat 02.10.2022, 11:33
Prezident rasmiy tashrif bilan  Vengriyaga boradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vengriya tomonining taklifiga binoan 3-4 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot  xizmati xabar qilmoqda.

Tashrif doirasida Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak va Bosh vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi.

O`zbekisto–Vengriya sammitining kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, qishloq xo`jaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o`rin olgan.

O`zaro savdoni ko`paytirish, farmasevtika, agrosanoat majmui, mashinasozlik, suvni tejash va boshqa yo`nalishlarda sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratiladi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida qo`shma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to`plamini imzolash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbari Vengriyaning etakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1