1

NATOning 9 davlati Ukrainaning ittifoqqa a`zoligini qo`llab-quvvatladi

Dunyo 03.10.2022, 11:03
NATOning 9 davlati Ukrainaning ittifoqqa a`zoligini qo`llab-quvvatladi

Markaziy va Sharqiy Evropadagi to`qqiz NATO davlati prezidentlari qo`shma bayonot berib, Rossiyaning Ukraina hududlarini anneksiya qilganini qoraladi va alyansni Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada oshirishga chaqirdi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.

"Biz Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo`llab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz, Rossiyaning Ukraina hududini anneksiya qilishga urinishlarini hech qachon tan olmaymiz", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari prezidentlari Ukrainaning NATOga a`zo bo`lishi haqidagi qarorni qat`iy qo`llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

Xususan, bayonotda Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari prezidentlari Ukrainani Rossiya bosqinidan himoya qilishda qo`llab-quvvatlashini, Rossiyadan barcha bosib olingan hududlardan qo`shinlarni zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qilishini bildirgan.

Eslatib o`tamiz, juma kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina Shimoliy Atlantika ittifoqiga tezlashtirilgan kirish uchun ariza imzolaganini e`lon qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1