1

Kobuldagi ta`lim muassasasida sodir etilgan portlash qurbonlari 43 kishiga etdi

Dunyo 03.10.2022, 17:33
Kobuldagi ta`lim muassasasida sodir etilgan portlash qurbonlari 43 kishiga etdi

Kobulda ta`lim muassasasida sodir bo`lgan portlash qurbonlari soni 43 kishiga, jarohat olganlar esa 83 kishiga etdi. Bu haqda BMTning Afg`onistonga yordam ko`rsatish missiyasi ijtimoiy tarmoqda yozib qoldirgan.

Portlash Dashte Barchi tumanidagi hazoralar yashaydigan hududdagi «Koj» maktabida sodir bo`lgandi. BMT missiyasi xabarida ta`kidlanishicha, qurbonlar soni hali yana ortishi mumkin.

O`z navbatida O`zbekiston TIV ham Kobuldagi ta`lim markazida sodir etilgan portlashda asosan qizlar halok bo`lgani haqida bayonot bergandi.

Shuningdek,  portlashda kamida 20 nafar odam halok bo`lgan bo`lgani bayon etilgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1