1

Putinning maslahatchisi O`zbekistonga keladi

Dunyo 03.10.2022, 18:03
Putinning maslahatchisi O`zbekistonga keladi

3-6 oktyabr kunlari Rossiya Federasiyasi prezidenti maslahatchisi, Inson huquqlari bo`yicha kengash (IHK) raisi Valeriy Fadeev amaliy tashrif bilan O`zbekistonga keladi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.

Qayd etilishicha, Valeriy Fadeev Samarqand davlat universiteti va Rossiya davlat gumanitar universitetida o`tkaziladigan "Inson va zamonaviy dunyo qadriyatlari" xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi. Anjumanga etakchi ziyolilar, siyosat va jamoat arboblari taklif etilgan.

Ish jadvalida rossiyalik vatandoshlarning mahalliy tashkilotlari vakillari ishtirokida gumanitar hamkorlik masalalari bo`yicha uchrashuv ham o`rin olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1