AsosiyJamiyat

O`zbekistonda internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitim tasdiqlandi

'O`zbekistonda internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitim tasdiqlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida»gi  qarorni imzoladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar berdi.

Unga ko`ra, 2021 yil 12 noyabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig`ilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining axborot-telekommunikasiya tarmoqlarida mualliflik va turdosh huquq ob`ektlariga bo`lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish bo`yicha hamkorligi to`g`risidagi bitim tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar