1

2022 yilda jami 385 437 nafar maktab bitiruvchilaridan 85 869 nafari ta`lim muassasalariga o`qishga kirdi

Jamiyat 04.10.2022, 10:06
2022 yilda jami 385 437 nafar maktab bitiruvchilaridan 85 869 nafari ta`lim muassasalariga o`qishga kirdi

 2022 yilgi oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari (test sinovi)da maktab bitiruvchilarining o`rtacha ball ko`rsatkichlari tahlil etildi. Ta`kidlash joizki, ushbu ma`lumotlar Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlar asosida tayyorlandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2022 yilda jami 385 437 nafar maktab bitiruvchilaridan 295 393 nafari, yoki 77 foizi oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan. Ularning 85 869 nafari yoki 23 foizi davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilingan bo`lib, bu ko`rsatkich 2021 yilga nisbatan +4% ga, 2020 yilga nisbatan +12% ga oshgan.

Xo`sh, test sinovlaridagi o`rtacha ball ko`rsatkichlari qanday bo`ldi?

Mamlakatimiz miqyosida maktab bitiruvchilarining test sinovlaridagi o`rtacha ball ko`rsatkichi 76,1 ballni tashkil etgan bo`lib, bu natija 2021 yilga nisbatan +1,2 ballga, 2020 yilga nisbatan +6,3 ballga oshganganligi ko`rsatib turibdi. (2022 yilda 69,8 ball, 2021 yilda 74,9 ball).

Past ko`rsatkichli maktablar alohida nazoratga olindi

Maktab bitiruvchilarining o`rtacha ball ko`rsatkichlari bo`yicha o`tish balidan past (56,7 balldan) bo`lgan yurtimizdagi 519 ta umumta`lim maktab hozirda alohida nazoratga olingan bo`lib, ularda o`quv-tarbiya jarayonlarini yaxshilash, pedagoglarning kasbiy mahorati va salohiyatini oshirish borasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu o`rinda maktablarda ta`lim sifatini oshirish zarurligini inkor qilmagan holda, yo`lga qo`yilayotgan islohotlar va jarayonlar natijasi bir kunda amalga oshmasligi hamda maktab bitiruvchilarining test sinovlaridagi o`rtacha ball ko`rsatkichlari natijasi yildan yilga yaxshilanib borayotganligini aytib o`tish joizdir.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1