Namanganda ikki nafar "hamkor" 380 mln so`mlik kredit mablag`ini o`zlashtirib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yangi Namangan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.A.” MChJ rahbari A.U. “Yoshlar kelajagimiz” jamg`armasi viloyat filiali bosh mutaxassisi A.A. bilan o`zaro til biriktirib, tijorat bankining kredit mablag`i evaziga sotib olingan 380 mln so`mlik tikuvchilik dastgohlarini ishlab chiqarish faoliyatini yo`lga qo`ymasdan, dastgohlarni naqd pulga sotib yuborgan. Natijada kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






