Rossiyada qisman safarbarlik e`lon qilinganidan keyin 700 mingga yaqin odam mamlakatni tark etdi. Ulardan 200 ming nafari Qozog`istonga jo`nab ketgan. Bu haqda xorijiy OAVlar xabar bermoqda.
"Safarbarlik boshlanganidan beri deyarli 1 million odam Rossiyani tark etdi",- deydi Kremlning hisob-kitoblaridan xabardor manba. Hukumatga yaqin yana boshqa shaxslarning aniqlik kiritishicha, gap 600-700 ming rossiyalik haqida ketmoqda.
Biroq Rossiya Federasiyasi Federal xavfsizlik xizmati chegara xizmatidan bu boradan hali biror aniq javob olinmagan.






