4 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:40da Urganch xalqaro aeroportidan Rimga samolyot uchdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
“Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasining Airbus A320 Neo samolyoti Leonardo da Vinchi nomidagi Rim-Fiumicino xalqaro aeroportiga 116 nafar yo`lovchini etkazdi.
Seshanba kunlari Urganchdan Rimga muntazam reyslar amalga oshiriladi. Rimdan Toshkentga qaytish reyslari ham shu kunga rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning avgust oyida Urganch — Milan — Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar ochilgan edi. Muntazam reyslar juma kunlari amalga oshiriladi.






