Aktrisa Gulchehra Eshonqulova o`g`il farzandli bo`lgani haqida xabar berilgan edi.
Ayni damda turmush o`rtog`i Sharof Sharapov bilan Turkiyaning Istanbul shahrida yashayotgan aktrisa bugun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali shaxsiy hayotidagi yangilik bilan bo`lishdi.
“Hammaga shirin tabriklar uchun katta rahmat. Yana bir shirin, baxtli kunlarimizdan birini sizlar bilan bo`lishmokchimiz...
Bugun hayotim, turmush o`rtog`im bilan niyat qilib qo`ygan yana bir shirin maqsadimizga erishdik. Shirintoy arslonimiz, ko`zimizning nuri o`g`limizga Turkiyaning Istanbul shahridagi tarixiy va eng go`zal Sulton Ahmad jome masjidida azon o`qitdik”,—deb yozdi aktrisa o`zining “Instagram”dagi sahifasida.





