1

Serdar Berdimuhamedovning Qozog`istonga tashrifi kutilmoqda

Dunyo 05.10.2022, 14:43
Serdar Berdimuhamedovning Qozog`istonga tashrifi kutilmoqda

Qozog`iston Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Ermuhambet Qonisbaev va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Vepa Xadjiev raisligida videokonferensiya formatida qozoq-turkman siyosiy maslahatlashuvlari bo`lib o`tdi. Bu haqda "Zamon.uz" Qozog`iston TIVga tayanib ma`lum qildi.

"Tadbir doirasida tomonlar Qozog`iston va Turkmaniston o`rtasidagi ikki tomonlama va ko`p tomonlama formatdagi hamkorlikning holati va yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaevning 2021 yil oktyabr oyida Ashxobodga davlat tashrifi yakunlari bo`yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 2022 yil oktyabr oyida Qozog`istonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko`rish shuningdek, Turkmaniston tomonining 6-chi OHIChK sammitida, MDH Davlat rahbarlari kengashi va "Markaziy Osiyo – Rossiya" sammitida ishtirok etishga alohida e`tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.

Maslahatlashuvlar natijalariga ko`ra, tomonlar Qozog`iston va Turkmaniston o`rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida ikki davlat tashqi siyosat idoralari o`rtasidagi aloqalarning yuqori darajasini qo`llab-quvvatlashga kelishib oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1