AsosiyDunyo

KXDR Yapon dengizi tomon yana ikki ballistik raketa uchirdi

'KXDR Yapon dengizi tomon yana ikki ballistik raketa uchirdi'ning rasmi

KXDR 6 oktyabr kuni Yapon dengizi tomon navbatdagi ballistik raketalarini uchirdi. Bu haqda TASS  xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

Mamlakat TIV sinovlar Janubiy Koreya va AQSh qo`shma mashg`ulotlariga javoban amalga oshirilganini ta`kidlagan. Vazirlik Vashington va uning ayrim ittifoqchilari BMT xavfsizlik kengashida ushbu masalani ko`tarishga harakat qilayotganini tanqid qilgan.

Yaponiya qirg`oq qo`riqlash xizmati ma`lumotlariga ko`ra, raketalar dengizga tushgan.

Eslatib o`tamiz, bundan avval Pxenyan 4 oktyabrda raketa uchirgandi. O`tgan hafta jami 4 marta sinovlar o`tkazilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar