Rossiyalik 23 yoshli Angelina Nikolau butun dunyoga xavfli selfisi bilan mashhur bo`ldi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru” nashri.
Qiz dunyoning mashhur va baland imoratlarining eng xavfli joylariga bir o`zi yoki ekstrim ishqibozlari bilan birga chiqib, suratga tushadi.
Angelina juda xavfli ish bilan shug`ullanmoqda, chunki aksariyat binolarga chiqish taqiqlangan. “V Kontakte” shaxsiy sahifasida qiz Moskva shahridan ekanligini 1993 yilning 24 iyunida tug`ilganini ma`lum qilgan.
Angelina ilk selfilarini Moskva va Rossiyaning bir qancha shaharlarida olgan. U keyinchalik turli sayohatlarga chiqqan, sayohat davomida ham eng xavfli binolar tomiga chiqib selfiga tushgan. Bu selfilarni ko`rgan odamning nafasi ichiga tushib ketadi.
Biz Angelinaning “qahramon”ligini takrorlashingizni istamaymiz, bu juda xavfli.