O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbati bo`lib o`tdi.
2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida O`zbekiston Respublikasi raisligida bo`lib o`tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari Kengashi yig`ilishining yakunlari muhokama qilindi.
Davlatlararo hamkorlikning, jumladan, O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to`g`risidagi deklarasiya doirasidagi aloqalarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashinildi
O`zbekiston va Rossiyaning ikki va ko`p tomonlama kun tartibidagi barcha yo`nalishlar bo`yicha aloqalarni jadallashtirishga tayyorligi ta`kidlandi.






