AsosiyDunyo

Qirg`iziston Prezidenti Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan MDH sammitiga bormaydigan bo`ldi

'Qirg`iziston Prezidenti Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan MDH sammitiga bormaydigan bo`ldi'ning rasmi

Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov ish jadvali tig`iz bo`lgani uchun Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan MDHning norasmiy sammitiga bormaydi, deb ma`lum qildi juma kuni davlat rahbarining matbuot kotibi Erbol Sultanbaev jurnalistlarga. Bu haqda O`zA yozmoqda.

"Ish jadvali juda tig`iz bo`lgani uchun Prezident Sadir Japarov Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan MDHning norasmiy sammitida ishtirok etmaydi", – dedi u. 

Sultanbaevning ta`kidlashicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni 70 yoshga to`lgani munosabati bilan  davlat rahbari nomidan jo`natilgan tabriknomani berish uchun Sankt-Peterburgga davlat kotibi Suyunbek Kasmambetov boradi. 

MDH mamlakatlari etakchilari avvalgi norasmiy uchrashuvini ham 2021 yil 28 dekabrda Sankt-Peterburgda o`tkazgan edi. O`shanda Putin hamkasblarini mamlakatning shimoliy poytaxtiga Yangi yil munosabati bilan taklif qilgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar