Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy noyabr oyida Indoneziyada bo`lib o`tadigan G20 sammitiga borishga rozi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
Agar Zelenskiy va Putin Balidagi sammitga kelishsa, bu ularning mojaro boshlanganidan buyon birinchi marta bir joyda yig`ilishi bo`ladi.
Keskinlikning oldini olish uchun davlat rahbarlari turli mehmonxonalarga joylashtiriladi. Hozirda ularni qaysi mehmonxonalarga joylashtirish masalasi hal qilinmoqda.