1

Evro-2024 saralash bosqichiga qur`a tashlandi

Sport 09.10.2022, 20:44
Evro-2024 saralash bosqichiga qur`a tashlandi

Bugun, 9 oktyabr kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida UEFA tomonidan Evro-2024 saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, 10 ta guruh shakllanib, guruhlar quyidagicha ko`rinish oldi:

A guruhi: Ispaniya, Shotlandiya, Norvegiya, Gruziya, Kipr;
B guruhi: Niderlandiya, Fransiya, Irlandiya, Gresiya, Gibraltar;
C guruhi: Italiya, Angliya, Ukraina, Shimoliy Makedoniya, Malta;
D guruhi: Xorvatiya, Uels, Armaniston, Turkiya, Latviya;
E guruhi: Polsha, Chexiya, Albaniya, Farer orollari, Moldova;
F guruhi: Belgiya, Avstriya, Shvesiya, Ozarboyjon, Estoniya;
G guruhi: Vengriya, Serbiya, Chernogoriya, Bolgariya, Litva;
H guruhi: Daniya, Finlandiya, Sloveniya, Qozog`iston, Shimoliy Irlandiya, San-Marino;
I guruhi: Shveysariya, Isroil, Ruminiya, Kosovo, Belarus, Andorra;
J guruhi: Portugaliya, Bosniya va Gersegovina, Islandiya, Lyuksemburg, Slovakiya, Lixtenshteyn.

Ma`lumot uchun, Evro-2024 mezboni Germaniya sanaladi. Turnir ushbu mamlakatda 2024-yilning 14-iyunidan 14-iyul kuniga qadar o`tkazilishi belgilangan. Chempionatning qolgan ishtirokchilari ushbu saralashda g`olib bo`ganlardan tashqari, Millatlar Ligasi yarim finalchilari tomonidan ham aniqlab beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1