AQShning Shimoliy Karolina shtati polisiyasi to`xtash haqidagi buyruqni eshitmagani uchun harakatlanishda davom etgan kar-soqov haydovchini otib o`ldirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hodisa 18 avgust kuni yuz bergan. Biroq keng jamoatchilik undan endi xabardor etildi.
29 yoshli haydovchi Kevin Xarrisa tezlikni oshirgan va polisiyachining to`xtash haqidagi buyrug`iga itoat qilmagan. Haydovchi uyiga yaqinlashib, mashinadan tushadi va qo`l harakatlari yordamida polisiyachiga vaziyatni tushuntirishga harakat qiladi. Biroq polisiyachi haydovchini otib tashlaydi.
Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, avvalroq polisiyachi va haydovchi o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Guvohlarning aytishicha, o`q ovozi haydovchi avtomobildan tushishi bilan eshitilgan.
Halok bo`lgan haydovchining tanishlari u kar bo`lgani uchun polisiyaning ogohlantirishini eshitmagan va undan nima xohlashayotganlarini darrov anglab etmagan.
Hozirda tergov ishlari olib borilayotgani sababli YPX xodimi Jermen Sonders vazifasidan chetlatilgan.





