Bugun, 10 oktyabr kuni Kiev markazida raketalar kelganidan keyin kuchli portlashlar sodir bo`ldi. RIA Novosti xabariga ko`ra, snaryadlardan biri Ukraina Xavfsizlik xizmati bosh qarorgohi va prezident devoni joylashgan Volodimirskaya ko`chasiga tushgan.
Kiev meri Vitaliy Klichko poytaxtda bir necha portlash sodir bo`lganini tasdiqladi.
Ukraina OAVlarining xabar berishicha, Kievda portlashlar davom etmoqda, Dnepr, Lvov, Jitomir va Kiev viloyatlaridagi ob`ektlar ham hujumga uchragan.
“Kievda qizil metro liniyasida poezdlar harakati to`xtatildi. Barcha erosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi, deb xabar beradi Kiev meriyasi. Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, raketa hujumlaridan keyin Lvov va Ternopolning ba`zi hududlari elektr ta`minotisiz qolgan.