AsosiyDunyo

Avstraliyalik maktab o`quvchisi dunyodagi eng chiroyli bola deb tan olindi

Instagram va Twitter foydalanuvchilari 12 yoshli avstraliyalik Uilyam Franklin-Millerni dunyodagi eng chiroyli bola, deb tan olishdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Dastlab, Uilyamning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari internetning sharqiy sigmentida mashhur bo`ldi. Uning rasmlarini yaponiyalik o`quvchi qiz o`z sahifasida bo`lishdi. Mazkur surat esa Twitter`da minglab marotaba bo`lishildi. 

Shundan so`ng Franklinning do`sti bo`lish istagidagi internet foydalanuvchilari ko`payib ketdi.

“Men har uch daqiqada yuzga yaqin kuzatuvchilarga ega bo`lardim”,—deydi Franklin. 

Maktab o`quvchisining aytishicha, u dastilab o`z akkauntini buzib kirilgan deb o`ylagan. Biroq, “Sen Yaponiya va Xitoyda haqiqatdan ham mashhursan”, qabilidagi izohlardan so`ng hammasini anglab etdi.

Hozirda Instagram`da uni 152 ming kishi kuzatib boradi.

Boshqa yangiliklar