AsosiyJamiyat

Toshkentda spirtli ichimlikdan zaharlangani aytilayotgan uch erkak va bir ayol shifoxonada vafot etdi

'Toshkentda spirtli ichimlikdan zaharlangani aytilayotgan uch erkak va bir ayol shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Internet saytlarida Toshkent shahridagi tumanlarning birida yashovchi uch nafar erkak va bir ayol spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgani bir kishi esa eomada ekani haqida xabar tarqaldi.   qolmoqda. 

Ta`kidlanishicha, 2022 yilning 8 oktyabr kuni poytaxt tumanlarining birida yashovchi 36 yoshli erkak sog`lig`idan shikoyat qilib, shifoxonaga yotqizilgan. Va spirtli ichimlikdan zaharlanishi oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Bundan tashqari 9 oktyabr kuni aynan shu tumanda yashovchi ikki nafar erkak va bir ayol ham spirtli ichimlikdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan. 44 va 65 yoshli erkak, shuningdek, 56 yoshli ayol spirtli ichimlik iste`mol qilib, sog`ligi yomonlashgani sabab shifoxonaga olib kelingan va ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etgan, — deydi manba.

Qo`shimcha qilinishicha, shifoxonaga kecha, 9 oktyabr kuni zaharlanishi sabab olib kelingan 33 yoshli erkak esa ayni paytda komada qolmoqda.

Mazkur holat bo`yicha, Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lumot berdi:

Mazkur holat haqiqatda ham sodir bo`lgani tasdiqlandi. 

"Bu bo`yicha Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan" deyiladi xabarda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar