AsosiyDunyo

Chexiyada minglab odamlar namoyish uyushtirishdi

'Chexiyada minglab odamlar namoyish uyushtirishdi'ning rasmi

8 oktyabr kuni Praganing Vaslav maydoniga energiya va oziq-ovqat narxlarining oshishiga qarshi bir necha ming kishi namoyishga chiqdi. 

Ular hozirda oyiga 644 evroni tashkil etuvchi eng kam ish haqini oshirishni, shuningdek, kundalik uy-ro`zg`or buyumlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solishni talab qilishdi, deya xabar berdi Zamon.uz' sayti.

Ta`kidlanishicha, Milliy statistika boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, avgust oyida Chexiyada narxlarning o`sishi yillik ko`rsatkichda 17,2 foizni tashkil etdi. 

Ma`lumot o`rnida, Favqulodda chora sifatida Bosh vazir Petr Fiala boshchiligidagi o`ng markazchi hukumat noyabr oyining boshidan boshlab uy xo`jaliklari va kichik biznes uchun elektr hamda gaz narxlariga cheklovlar kiritdi.

    Boshqa yangiliklar