AsosiyDunyo

Rossiya prezidenti ommaviy hujumlarning sababini aytdi

'Rossiya prezidenti ommaviy hujumlarning sababini aytdi'ning rasmi

Bugun, 10 oktyabr kuni Ukrainaning ommaviy o`qqa tutilishi fonida Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashining  yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda “Zamon.uz” sayti xabar berdi.

Uchrashuv avvalida prezident Vladimir Putin Ukrainani “terrorizm”da ayblab, Kursk atom elektr stansiyasiga qarshi allaqachon uchta terakt, shuningdek, “Turk oqimi”ga putur etkazishga urinishlar sodir etilganini aytgan.

Putin bugungi hujumlarni “Rossiyaga bo`layotgan tahdidlarga javob” deya izohlagan. 

“Bugun ertalab Mudofaa vazirligi taklifi bilan Ukrainaning energetika, harbiy qo`mondonlik va aloqa obektlariga uzoq masofali aniqlikdagi qurollar bilan ommaviy zarba berildi. Hududimizda terrorchilik hujumlarini amalga oshirishga urinishlar davom etsa, Rossiya Federasiyasidan javob choralari qat`iy bo`ladi”, — deydi Putin.

    Boshqa yangiliklar