AsosiyJamiyat

JHST Evropa Mintaqaviy komissiyasining 31-konferensiyasi O`zbekistonda o`tkaziladi

'JHST Evropa Mintaqaviy komissiyasining 31-konferensiyasi O`zbekistonda o`tkaziladi'ning rasmi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat ko`mitasi rais o`rinbosari - O`zbekistonning Jahon hayvonlar sog`ligi tashkilotidagi (JHST)  delegati Abror Akbarov boshchiligidagi delegasiya Italiyaning Kataniya shaxrida bo`lib o`tayotgan JHST Evropa Mintaqaviy komissiyasi 30-konferensiyasida ishtirok etdi. Bu haqda Qo`mita matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O`zbekiston delegati Konferensiya Qo`mitasiga hamrais etib saylandi va xalqaro anjumanga raislik qildi. 

Bundan tashqari konferensiya doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o`tkazildi.

Jumladan JHST bosh direktori Monik Elua xonim bilan uchrashuv o`tkazildi. Shuningdek, BMTning FAO tashkiloti va Evropa Ittifoqi vakillari xamda Italiya,  Chexiya,  Qozog`iston,  Qirg`iziston,  Turkiya,  Ozarbayjon vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o`tkazilib va hamkorlikning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Konferensiya kun tartibidagi masalalar muhokamasi doirasida JHSTning GF-TADs dasturi boshqaruv guruhi tarkibiga O`zbekiston delegatini kiritish masalasi ko`rib chiqilib, bir ovozdan maqullandi.

Shuningdek Evropa Mintaqaviy Komissiyasi 31-konferensiyasini O`zbekistonda o`tkazish bo`yicha O`zbekiston delegasiyasining ma`ruza va taqdimoti bo`lib o`tdi.  Ushbu taklif delegatlar tomonidan bir ovozdan ma`qullandi hamda Bosh direktor O`zbekistonning veterinariya soxasi yutuqlarini e`tirof etgan holda, 50 dan ortiq davlat delegasiyalari ishtirok etadigan yirik xalqaro anjuman O`zbekistonda o`tkazilishini e`lon qildi.

 

    Boshqa yangiliklar