AsosiyJamiyat

⚡️O`zbekistondagi talabalarga ikki oylik ijara haqi hech qanday shartnomasiz to`lab beriladi

'⚡️O`zbekistondagi talabalarga ikki oylik ijara haqi hech qanday shartnomasiz to`lab beriladi'ning rasmi

Joriy yilda 1-kursda tahsil olayotgan, ijarada yashaydigan talabalarga, istisno tariqasida, sentyabr va oktyabr oyi ijara to`lovlarining 50 foizi, Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha (hozirda 300 ming so`m), qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha (hozirda 150 ming so`m) hech qanday ijara shartnomasi talab etilmasdan to`lab beriladi.  Bu haqda Yoshlar ishlar agentligi raisi Alisher Sa`dullaev xabar qildi

Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to`lovlar davom ettiriladi.

Eslatib o`tamiz, Hukumat qarori bilan 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o`ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo`lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to`lanadigan oylik ijara to`lovining 50 foizi budjet mablag`lari hisobidan qoplab berilishi belgilandi.

Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun ijarada turadigan talabalar o`zi ta`lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari yoki oliy ta`lim muassasasining talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`limiga murojaat qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar