AsosiyJamiyat

Toshkentda uy-joyi borlarga soxta hujjatlar orqali subsiyalar ajratilgani aniqlandi

'Toshkentda uy-joyi borlarga soxta hujjatlar orqali subsiyalar ajratilgani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, subsidiya to`lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo`yicha tuman komissiyasi a`zolari davlat byudjetidan qoplash uchun subsidiya mablag`larini ajratishda daromadi belgilangan me`yorlardan yuqori hamda nomida uy-joyi bo`lgan 12 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 479,8 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman subsidiya to`lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo`yicha komissiyasi a`zolari va boshqalar davlat byudjetidan qoplash uchun subsidiya mablag`larini ajratishda soxta hujjatlar orqali daromadi belgilangan me`yorlardan yuqori hamda nomida uy-joyi bo`lgan 4 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,8 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar