Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoev raisligida mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo`yicha videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
Davlatimiz rahbarining topshirig`iga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini o`rganib, uni qiynayotgan muammolar ro`yxatini shakllantirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aholi tomonidan yo`l, ichimlik suvi, sug`orish tizimi, elektr, ta`lim va tibbiyot bilan bog`liq 12 mingta masala va taklif ko`tarilgan.
“Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro o`zining muammolari bilan yolg`iz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning ko`zgusi.
Katta-kichik bo`ladimi, aholimiz ko`targan har bir muammoga o`z vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo`lishi shart va zarur”, dedi Prezident.






