AsosiyJamiyat

Toshkentda uy-joy ijarasi o`rtacha narxi qancha?

'Toshkentda uy-joy ijarasi o`rtacha narxi qancha?'ning rasmi

Jismoniy shaxslar 2022 yil 1 yanvardan ko`chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini “E-ijara” xizmati orqali soliq organlarida ro`yxatdan o`tkazishi shart.

 Davlat soliq qo`mitasi xabariga ko`ra, 2022 yil 1 oktyabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro`yxatga olingan.

Mavjud ma`lumotlar tahliliga ko`ra Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o`rtacha oylik 1 mln so`mdan ko`proqni tashkil qiladi.

Hududlarda ijara haqining o`rtacha miqdori esa  630 ming so`mdan 977 ming so`mgacha.

Respublikada ijaraga berilgan turar-joy ob`ektlari:

  • 2 mln so`mdan 5 mln so`mgacha – 3 240 ta;
  • 5 mln so`mdan ortiq – 255 ta.

 

Eslatib o`tamiz, Soliq solish maqsadida 2022 yilda ko`chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:

  • Toshkent shahrida – 15 500 so`m;
  • Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 so`m;
  • boshqa aholi punktlarida - 4 000 so`m etib belgilangan.
     

Ma`lumot uchun, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12% stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`iga tortiladi. Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i to`lamaydi.  

Jismoniy shaxslar ijara shartnomalarini Soliq mobil ilovasida hisobga qo`yishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar