Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o`zining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini e`lon qildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
E`tiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy ta`lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar 10 tadan 28 taga etdi.
Quvonarlisi, ular orasida Sog`liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 5 ta oliy ta`lim muassasasi ham o`rin oldi.
Ular quyidagilar:
-Toshkent tibbiyot akademiyasi;
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
- Toshkent davlat stomatologiya instituti;
- Toshkent farmasevtika instituti;
- Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo`nalishdagi samaradorlik ko`rsatkichlari baholandi: o`qitish, tadqiqot, ta`lim sifati va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 28 ta oliy ta`lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Ma`lumot o`rnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, ya`ni da`vogar universitetlar nominasiyasiga ega bo`ldi.






