Moskva do`konlarida sotuvga yangi hududlar kiritilgan Rossiya xaritalari paydo bo`ldi.
Xaritalar Davlat ro`yxatidan o`tkazish, kadastr va kartografiya federal xizmati (Rosreestr) ma`lumotlari asosida tuzilgan. Birinchi xaritaning nashri suratlari 12 oktyabr, chorshanba kuni rus jurnalistlari tomonidan e`lon qilingan.
2,2 dan 1,4 metrgacha bo`lgan kartaning narxi 4850 rublni tashkil qiladi. Kartografiya markazining ma`lum qilishicha, xaritalar yakka tartibda, shu jumladan kichik nusxalarda ham chop etiladi.
Eslatib o`tamiz, Rossiya Federasiyasining to`rtta yangi hududi bilan yangilangan xaritalari birinchi marta ijtimoiy tarmoqlarda 30 sentyabr kuni Moskvada DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo`shilishi to`g`risidagi hujjatlar imzolangandan so`ng darhol paydo bo`lgandi.






