Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi xabariga ko`ra, 13 dekabrdan boshlab Abu-Dabi — Samarqand reysi yo`lovchilarni tashishni boshlaydi. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Uchish jadvali mahalliy vaqt bilan:
Abu-Dabidan 6:30 da uchib, Samarqandga 10:45 da qo`nadi;
Samarqanddan 11:20 da uchib, Abu-Dabiga 13:55 da qo`nadi.
Chiptalar narxi 149 dirham (40 dollar yoki MB amaldagi kursi bo`yicha 443 ming so`m)dan boshlanadi.
Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi boshqaruvchi direktori Maykl Berluisning so`zlariga ko`ra, parvozlar yangi Airbus A321neo samolyotida amalga oshiriladi.
13.10.2022 05:33
Dekabrdan BAA aviakompaniyasi O`zbekistonga parvozlarni yo`lga qo`yadi






