AsosiyJamiyat

Global bozorlarni beqaror qiladigan yangi cheklovlarning joriy etilishiga yo`l qo`ymaslik lozim — Shavkat Mirziyoev

'Global bozorlarni beqaror qiladigan yangi cheklovlarning joriy etilishiga yo`l qo`ymaslik lozim — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitidagi nutqida Prezident Shavkat Mirziyoev iqtisodiyotlarimizni global inqirozning o`sib borayotgan salbiy oqibatlariga moslashtirish zarurligini ko`rsatib o`tdi.

Bu o`rinda:

- proteksionizmning kuchayishiga, global bozorlarni beqaror qiladigan omillarni, jumladan yangi cheklovlarning joriy etilishiga yo`l qo`ymaslik;

- Osiyo qit`asida o`zaro bog`liqlikni, birinchi galda, ishlab chiqarish-logistika zanjirini, Markaziy Osiyoni Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek, Yaqin Sharq bilan samarali bog`lovchi transport yo`laklarini yaratish hisobiga kuchaytirish muhimligi ta`kidlandi.

"Jahon sanoat inqilobining yangi bosqichiga o`tishning asosi bo`lgan bilimlar iqtisodiyotini ilgari surish barqaror taraqqiyotga tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi.  

Innovasiyalar transferi salohiyatini yanada to`liqroq ishga solish, raqamlashtirishni faol rag`batlantirish, yuqori texnologiyalar, sun`iy intellekt, Internet tizimlarini rivojlantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.  

Bu yo`nalishlarda Osiyo mamlakatlari global etakchilikka birgalikda erishish uchun barcha imkoniyatlarga egadir", dedi davlatimiz rahbari.

    Boshqa yangiliklar