Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi bosh Davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova ma`lum qildi.
Davlat mehnat inspeksiyasiga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 64 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, shundan, call markaz orqali - 40 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali - 23 ta hamda 1ta yozma murojaatlar kelib tushgan.
O`tkazilgan monitoringlar va murojaatlarni o`rganish natijasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 21 nafar mansabdor shaxslarga ma`muriy jarima tayinlandi, ya`ni 4 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 13 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 4 ta holatda terim pullarining o`z vaqtida to`lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma`muriy javobgarlikka tortildi.






