AsosiyJamiyat

14 oktyabr kuni sog`liqni saqlash sohasida ommaviy qabul bo`lib o`tadi

'14 oktyabr kuni sog`liqni saqlash sohasida ommaviy qabul bo`lib o`tadi'ning rasmi

Fuqarolarning sog`liqni saqlash sohasidagi murojaatlarini hal etish maqsadida 14 oktyabr kuni sog`liqni saqlash, tibbiyot hamda ijtimoiy himoya tizimidagi idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari, hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul o`tkaziladi.

Aholi bilan ochiq muloqotda Vazirlar Mahkamasining ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari kotibiyati, Sog`liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi, Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “Dori-darmon” AJ, Toshkent shahri va tumanlari hokimlarining ushbu sohaga mas`ul o`rinbosarlari hamda boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.

Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida tadbir davomida yuqori malakali shifokorlar ishtirokida tibbiy ko`riklar ham tashkil etiladi.  

Ommaviy qabul joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 11:00 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan  Koronavirusga qarshi maxsus “Zangiota-2” klinikasi hududida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar