AsosiyJamiyat

​​Malayziya kompaniyasi Buxoro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda

'​​Malayziya kompaniyasi Buxoro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda'ning rasmi

Buxoro viloyati delegasiyasining Malayziyaga amaliy tashrifi doirasida O`zbekiston Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” hamda Malaysia Airports Holdings Berhad (MAHB) kompaniyalari vakillari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

 Muzokaralar chog`ida Malayziya  tajribasini joriy etish orqali O`zbekistonda aeroport xizmatlari bozorini rivojlantirish bo`yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Javlon Umarxo`jaev O`zbekiston aeroportlarini rivojlantirish strategiyasi bilan hamkorlarni tanishtirdi va “Buxoro” xalqaro aeroportini modernizasiya qilish va DXSh asosida boshqaruvga o`tkazish uchun tadbirkorlarni jalb qilish mexanizmlari haqida so`z yuritdi. Uchrashuv yakunlari bo`yicha Malayziya kompaniyasining O`zbekistonga tashrifini tashkil etish va qo`shimcha muzokaralar o`tkazish hamda Buxoro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasi haqida batafsil ma`lumot taqdim etish bo`yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar