Chexiya 25 oktyabrdan boshlab Rossiya fuqarolarining Evropa Ittifoqining istalgan davlatidan berilgan turistik Shengen vizalar orqali mamlakatga kirishini taqiqlaydi.
"Biz (hukumat) turizm, madaniyat va sport maqsadlarida qisqa muddatga Shengen vizasini olgan Rossiya fuqarolariga nisbatan cheklovlar joriy etyapmiz. Ularning Chexiyaga kirishi taqiqlanadi. Bu avvalo Praga aeroporti orqali keluvchi Rossiya fuqarolariga taalluqli. Rossiya rejimi fuqarolik ob`ektlarini o`qqa tutayotgan bir vaqtda biz bunga ko`z yuma olmaymiz", — deydi Lipavski.
Chexiya ichki ishlar vaziri Vit Rakushan hukumatning barcha a`zolari mazkur qarorni qo`llab-quvvatlaganini bildirgan. "Ushu chora Chexiyaning aniq pozisiyasini ifodalaydi", — deya ta`kidlagan u.






