AsosiyJamiyat

"Tibbiyot xodimlariga qilinayotgan zo`ravonlik, bosim va qarshilik uchun alohida javobgarlik belgilanishi kerak"

'"Tibbiyot xodimlariga qilinayotgan zo`ravonlik, bosim va qarshilik uchun alohida javobgarlik belgilanishi kerak"'ning rasmi

Bir muddat avval Toshkentda "Tez yordam"ning ayol xodimi kaltaklangani haqida xabar bergan edik. 

SSV tafsilotlariga ko`ra, bemorning o`g`li feldsherning ko`krak qafasiga zarba bergan va xodimning ahvoli yomonlashgan.

Voeqadan biroz vaqt o`tib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev "tez yordam” xodimi kaltaklangani yuzasidan o`z munosabatini e`lon qildi.

"Tibbiyot xodimlariga nisbatan zo`ravonlik uchun alohida javobgarlik belgilash bo`yicha qonun loyihasi bir guruh deputatlarimizni qarshiligi sabab qaytarib yuborilgandi.

Hamkasb deputatlarimiz shu o`rinda katta xato qilishgan, deb o`ylayman. Va tibbiyotchilarga nisbatan zo`ravonlik davom etishiga sababchilardan biri aynan biz deputatlarmiz.

Chunki, Ichki ishlar, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralariga qilingan zo`ravonlik, halaqit va bosim kabi holatlar uchun alohida javobgarlik belgilab bergan deputatlar tibbiyot xodimlariga kelganda "o`tirib" qo`yganmiz", — deydi u.

Kusherbaevning ta`kidlashicha, tibbiyot sohasida alohida javobgarlik bo`lishi jamiyat uchun profilaktik xarakterga ega, zo`ravonlarni tiyib turadi.

"Agar kecha kaltaklangan tibbiyot xodimi o`rnida o`sha qonunni qaytarishda qatnashgan deputatimizni singlisi, onasi yo qizi bo`lganda qanday bo`lardi?

Shu bois, yana bir bor tibbiyot xodimlariga qilinayotgan zo`ravonlik, bosim, qarshilik kabi holatlar uchun alohida javobgarlik belgilashni ko`rib chiqib, hal qilish kerak, deb hisoblayman", — deydi deputat.

    Boshqa yangiliklar