AQSh atom suvosti kemalari Janubiy Koreyada doimiy asosda joylashtirilishi mumkin. Bu haqda Zamon.uz' sayti xabar bermoqda.
Unga ko`ra, bu KXDR navbatdagi yadro sinovlarini o`tkazgan taqdirda yuz berishi mumkin. Hozirda Seul va Vashington Amerika strategik vositalarini joylashtirishni muhokama qilmoqda. Xususan, aviatashuvchi zarbdor guruhlar va atom suvosti kemalari rotasiya asosida Koreya yarimoroli yaqinidagi suvlarga joylashtirilishi mumkin.
“Qo`shni davlatlarda yadro quroli paydo bo`lishini yoki ular tomonidan qarshilikning oldini olish maqsadida yadro qurolidan birgalikda foydalanishning Janubiy Koreya konsepsiyasi varianti ko`rib chiqilmoqda. Bu Amerika taktik yadro qurolining qaytadan joylashtirilishi variantidan farq qiladi”, – degan xorijiy nashr manbalaridan biri.
Janubiy Koreya prezidenti bu xabarga munosabat bildirib, barcha ma`lumotlarni to`liq ochiqlay olmasligini aytgan.
"Qayd etish lozimki, bugun Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovlarini o`tkazdi. U Sariq dengiz tomonga uchirilgan", — deyiladi Zamon.uz' xabarida.